Asosiy mazmunga oʻtish

Tennis

"Torneo Villa de El Espinar". Istomin bugun juftlik bahslarida o‘z yurishini boshlaydi

Javokhir Azimov
Izohlar: 0

G‘olib chorak final chiptasini qo‘lga kiritadi.

Ispaniyaning El-Espinar shahri mezbonlik qilayotgan Kastiliya va Leon ochiq chempionatining juftlik bahslarida 1/8 final uchrashuvlariga start berildi.

Biz uchun ahamiyatlisi, unda Denis Istomin ham ishtirok etmoqda. Aleksandr Kozbinov bilan tandem hosil qilgan vakilimiz bugun Boris Arias - Federiko Sebalos juftligiga qarshi kortga chiqadi. 

Ma’lumot uchun, Denis shu turnirning yakkalik bahslarida 1/16 finalgacha etib borgandi.

Ulashish
SPORTS.uz'ning Telegram'dagi kanaliga a’zo bo‘ling!

Izohlar (0)

Hozircha izohlar yo'q