
Toshentda ITKF karate-do bo‘yicha jahon kubogi start oldi (fotogalereya)
6-7 oktyabr kunlari poytaxtimizdagi "Yunusobod" sport majmuasida ITKF karate-do bo‘yicha jahon kubogi tashkil etilmoqda. Mazkur turnirda 26 ta mamlakat vakillari ishtirok etadi. O‘zbekiston vakillari bilan qo‘shib hisoblaganda 800 nafar sportchilar g‘oliblik uchun bahs yuritishadi.
Shuningdek, xorijdan 20 nafar xalqaro toifadagi hakamlar tashrif buyurgan. O‘zbekistonlik 25 nafar hakam bilan birgalikda ushbu turnirni boshqarib borishadi.
Jahon kubogiga bir qator nufuzli mexmonlar tashrif buyurgan. Jumladan, Xalqaro ITKF karate-do federatsiyasi prezidenti Jilberto Gerdner, Osiyo-Okeaniya karate federatsiyasi prezidenti Ibrohim al Bakir, Pan Amerika karate federatsiyasi prezidenti Justo Gomes, Evropa karate federatsiyasi prezidenti Elijio Kontrelo, Afrika karate federatsiyasi prezidenti Rami Toshkentda bevosita jahon kubogini kuzatib boradi.
Bugun ushbu musobaqaning tantanali ochilish marosimi hamda kichik yoshdagi ishtirokchilar o‘rtasidagi bahslar bo‘lib o‘tdi.



.jpg)





.jpg)





.jpg)

































Fikrlar