Toshkent shahar maktablarida "Maktablar ligasi" start oldi (foto)
Toshkent shahar jismoniy tarbiya va sport boshqarmasi umumta’lim maktablari o‘rtasida “Maktablar ligasi” tadbirlarini o‘tkazishni boshladi.
“Maktablar ligasi” musobaqasida umumta’lim maktablarining 8-,9-,10-sinf o‘quvchilari basketbol, voleybol va gandbol bo‘yicha bellashadilar.
Liganing ilk bosqichi sinflararo bo‘lib o‘tadi. Keyin maktab, tuman va shahar bosqichi o‘tkazilishi mo‘ljallangan.
E’tiborli tomoni shundaki, mazkur musobaqalarda Toshkent shahridagi 284 ta maktablarda tahsil olayotgan 30 672 nafar o‘quvchi ishtirok etadi. Ular asosan ijtimoiy himoyaga muhtoj oila farzandlari hamda ichki ishlar bo‘limi profilaktik hisobida turuvchilardir.
Mirobod tumanidagi sport o‘yinlari va engil atletikaga ixtisoslashgan bolalar-o‘smirlar sport maktabida mazkur sport mavsumi ochilishiga bag‘ishlangan tadbir bo‘lib o‘tdi.
.jpg)
.jpg)
.jpg)
.jpg)
.jpg)
.jpg)
.jpg)
.jpg)
.jpg)
.jpg)
.jpg)
Fikrlar