Toshkentda o‘tadigan Tokio-2020 olimpiadasi saralash bosqichi uchun akkreditatsiya jarayoni boshlandi

  • 28 mart, 2019, 15:06
  • Bekzod Isayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO
Toshkentda 1-9 aprel kunlari ayollar jamoalari o‘rtasidagi Tokio-2020 Olimpiadasi 2-saralash bosqichidan o‘rin olgan uchrashuvlar bo‘lib o‘tishidan xabaringiz bor. Shu munosabat bilan O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi mazkur saralash o‘yinlari uchun jurnalistlarni akkreditatsiyadan o‘tkazish jarayoni boshlanganini ma’lum qildi.
 
Musobaqani stadiondan yoritib borish istagida bo‘lgan jurnalistlar shu yilning 31 mart kuniga qadar info@ufa.uz elektron manziliga quyidagi ma’lumotlarni jo‘natishlari kerak:
 
*F.I.Sh.
*Tashkilot nomi
*Akkreditatsiya turi (PRE, PHOTO)
*Foto 3x4
*Telefon raqami

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!