Toshkentda o‘ziga xos professional boks kechasi tashkil qilinadi
O‘zbekiston professional boks federatsiyasi tomonidan 15 dekabr kuni jang kechasi tashkil qilinadi. Noyabr oyiga belgilangan ushbu boks oqshomi ba’zi sabablarga ko‘ra, qoldirilgan edi. Barcha tashkiliy masalalar ijobiy hal qilinganidan so‘ng, mazkur sanada Toshkentda joylashgan JAR sport majmuida o‘ziga xos professional boks oqshomi bo‘lib o‘tishi rejalashtirildi. Ushbu turnirda asosan yurtimizda faoliyat yuritayotgan charmqo‘lqop ustalari o‘z reyting janglarini o‘tkazishi ko‘zda tutilgan. Yana ba’zi yangiliklar bo‘lib qolish ehtimoli bor. Bu borada muntazam xabardor qilib boramiz. Voqealar rivojini bizda kuzatib boring!

Fikrlar