
Toshkentdagi professional boks oqshomida kimlar jang qiladi?
Xabar berib o‘tganimizdek 15 dekabr kuni Toshkentda joylashgan “JAR” sport majmuasida O‘zbekiston professional boks federatsiyasi tomonidan boks kechasi tashkil etiladi. Unda bir qator yurtdoshlarimiz bilan birga kubalik -90 kg da o‘z janglarini o‘tkazayotgan Leonar Peres hamda -69 kg vaznda Luis Bayanolar ham ringga ko‘tariladi. Qolaversa, o‘zbek professional boksida o‘z o‘rniga ega bo‘lib borayotgan Doston Turdiev, Abdulaziz Najmiddinov, Javohir Fozilovlar ham navbatdagi reyting janglarini o‘tkazishi ko‘zda tutilgan. Ba’zi o‘zgarishlar ham bo‘lib qolish ehtimoli mavjud. Voqealar rivojini bizda kuzatib boring!
Fikrlar