"Tottenxem" A Seriyaning eng yaxshi darvozabonini xarid qilmoqchi
Italiya A Seriyasining o‘tgan mavsumida eng yaxshi darvozabon deb topilgan "Roma" golkiperi Mile Svilar faoliyatini Angliyada davom ettirishi mumkin. Bu haqida La Gazzetta dello Sport nashri xabar bermoqda.
Manbaga ko‘ra, Londonning "Tottenxem" klubi yozgi transferlar oynasida Svilarni asosiy darvozabon Gulyelmo Vikarioga ehtimoliy o‘rinbosar sifatida ko‘rib chiqmoqda. Qayd etilishicha, 26 yoshli darvozabon uchun rimliklar uchun 70 million yevro talab qiladi.
Joriy mavsumda Svilar barcha musobaqalar doirasida 30 ta uchrashuvda maydonga tushib, 21 ta gol o‘tkazib yubordi hamda 13 bor o‘z darvozasini daxlsiz saqlab qoldi.
Ma’lumot uchun, futbolchining "bўrilar" bilan tuzilgan shartnomasi 2030 yilgacha amal qiladi. Transfermarkt ma’lumotlariga ko‘ra, uning bozor qiymati 35 million yevroni tashkil etadi.
Fikrlar