"Tottenxem" bor e’tiborini Roysga qaratmoqchi

Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Dortmundning “Borussiya” klubi hujumkor yarim himoyachisi Marko Roys faoliyatini Angliya premer-ligasida davom ettirishi mumkin.

Mirror nashrining yozishicha 28 yoshli germaniyalik futbolchiga Londonning “Tottenxem” klubi jiddiy qiziqish bildira boshlagan. Aytish lozimki, Roysning dortmundliklar bilan amaldagi shartnomasi 2019 yilga qadar imzolangan.

Eslatib o‘tamiz, Marko Roys pay qismidan olgan jarohati sabab uzoq muddat maydonga tusha olmadi. U joriy yilning fevral oyidan boshlab yana “Borussiya” safida o‘yinlarda ishtirok etib kelmoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!