
"Tottenxem" bu safar uddalay oladimi?
Londonning "Tottenxem" klubi "Roma" vingeri Jengiz Underni tarkibga jalb etmoqchi.
TBRFootball nashri tarqatgan xabarga ko‘ra, turkiyalik futbolchi uchun kurashda “shporlar”ning asosiy raqobatchisi bu “Everton" hisoblanadi. Mersisaydliklar ham uni sotib olishni maqsad qilishgan. Uning transferi esa 30 mln evroga baholanmoqda.
Aytish kerakki, “Tottenxem” Underni u “Roma”ga o‘tgunicha bo‘lgan davrdan boshlab kuzatib kelmoqda. Uni o‘tgan yoz sotib olishga harakat qilgan londonliklar buni uddasidan chiqa olishmagan edi.
Jengiz Under joriy mavsum “Roma” safida 20 ta o‘yinda maydonga tushdi va 3 ta gol urishga erishdi.
Fikrlar