
"Tottenxem" futbolchilari Mourinodan norozi
"Tottenxem" futbolchilari portugaliyalik murabbiy Joze Mourino bilan hamkorlikdan norozi bo‘lishmoqda.
The Sun nashriga ko‘ra, "shporlar" Mourinoning tayinlovidan xursand bo‘lishgan edi, biroq ular mutahassisning o‘yin uslubi va mashg‘ulotlar jarayonidan norozi bo‘lishmoqda.
Eslatib o‘tamiz, Mourino "Tottenxem" boshqaruviga 2019-yil noyabrida Maurisio Pochettino iste’fosidan so‘ng kelgan edi.
"Shporlar" APL 23 turidan so‘ng 31 ochko bilan sakkizinchi pog‘onada kelmoqda.
Fikrlar