"Tottenxem" ijaradagi futbolchisini muddatidan avval qaytarib oladi

  • 28 dekabr, 2019, 00:00
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Mavsumni “Lids” safida ijarada o‘tkazayotgan “Tottenxem” hujumchisi Jek Klark “shporlar” qarorgohiga qaytadigan bo‘ldi. Bu haqda Sky Sports nashri xabar bermoqda.

Tecno

Aytish kerakki “Tottenxem” 19 yoshli futbolchini yozda sotib olgan va darhol ijaraga berib yuborgan edi. Biroq, londonliklarning fikri o‘zgarib qoldi va uni qishki transferlar davridayoq jamoaga qaytarishga qaror qilishdi.

Ma’lumot uchun, Klark “Lids” safida joriy mavsum Chempionshipda bor yo‘g‘i 19 daqiqa o‘ynadi xolos.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!