"Tottenxem" jamoa yulduzining ketishiga qarshilik qilmaydi

  • 28 iyul, 10:00
  • Jahongir Inomjonov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Tottenxem" hujumchisi Son Xin Min faoliyatini MLSda davom ettirishi mumkin. Janubiy koreyalik yulduzning transfer shartlari bo‘yicha hali kelishuvga erishmagan "Los-Anjeles" klubi "shporlar"ning 33 yoshli sardorini o‘z safiga qo‘shib olmoqchi.

"GiveMeSport" nashrining xabar berishicha, agar futbolchining o‘zi Amerika klubiga o‘tishni so‘rasa, "Tottenxem" muzokaralarga kirishishga va Sonning narxini 20 million funt sterlinggacha (taxminan 23 million evro) tushirishga tayyor.

Son Xin Minning amaldagi shartnomasi kelasi yil yozida yakuniga etadi. Hujumchi o‘n yildan beri londonliklar sharafini himoya qilib kelmoqda. Shu vaqt mobaynida u jamoa libosida 454 ta o‘yin o‘tkazib, 173 ta gol urdi va 101 ta golli uzatma berdi.

Tecno

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!