"Tottenxem" jarohat olgan Kudusga o‘rinbosar izlamoqda
"Tottenxem" klubi yangi hujumchi bilan shartnoma imzolashni tezlashtirmoqchi. Bu haqida "Telegraph Football" jurnalisti Mayk MakGrat xabar bermoqda.
Manbaga ko‘ra, Mohammed Kudusning jarohati kutilganidan jiddiyroq bo‘lib chiqdi. Shu sababli, "shporlar" bosh murabbiyi Tomas Frank hujum chizig‘iga Kudusning o‘rnini bosuvchi futbolchi topmoqchi. Ganalik futbolchi Angliya Premer-ligasi doirasidagi "Sanderlend"ga qarshi o‘yinida jarohat olgan edi.
Eslatib o‘tamiz, bugun, 7 yanvar kuni London klubi APL 21-turi doirasida safarda "Bornmut" bilan o‘ynaydi.
Fikrlar