"Tottenxem" La Ligadan yaxshi hujumchi topdi
"Real Sosedad" hujumchisi Joze Villian faoliyatini "Tottenxem"da davom ettirishga yaqin turipti.
Joze Mourino braziliyalik forvardni jarohat olgan Xarri Keynning o‘rnida ko‘rmoqda.
Bugun tunda yoki erta tongda Villian Angliyaga uchib ketadi. As nashrining xabariga ko‘ra, transfer masalasi bo‘yicha allaqachon kelishuvga erishilgan.
Ma’lumot uchun, 28 yoshli futbolchining "Real Sosedad" bilan shartnomasi 2024 yilning yoziga qadar amal qiladi. U La Liganing joriy mavsumida 20 ta bahs o‘tkazib, 8 ta gol urishga erishdi.



Fikrlar