
"Tottenxem" Lemar borasida "Arsenal" va "Liverpul"ga raqobat qilmoqchi
Londonning “Tottenxem” klubi “Monako” yarim himoyachisi Toma Lemar uchun kurashga qo‘shildi. Bu haqda Le10sport nashri xabar tarqatmoqda.
Yuqoridagi manbaaning yozishicha “shporlar” 21 yoshli frantsuz futbolchisining transferi borasida monakoliklarga taklif tayyorlashmoqda. Ta’kidlash kerakki, Lemarga “Tottenxem”dan tashqari yana ikki premer-liga klubi – “Arsenal” va “Liverpul” ham jiddiy qiziqishmoqda. Bundan avvalroq “kanonirlar” bosh murabbiyi Lemarni hali “Monako”ga o‘tmasidan avval ko‘z ostiga olib qo‘ygani haqida aytib o‘tgan edi.
Eslatib o‘tamiz, Toma Lemarning “Monako” bilan amaldagi shartnomasi 2020 yilga qadar imzolangan.
Ma’lumot uchun, Lemar yakunlangan mavsum Frantsiya chempionatida jami 34ta uchrashuvda maydonga tushib, o‘z hisobiga 9ta gol hamda 10ta golli uzatma yozdirib qo‘yishga erishgan.
Fikrlar