"Tottenxem" mashhur futbolchi bo‘yicha so‘rov yubordi

  • 31.08.2026 13:44
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

«Tottenxem» mutasaddilari «Milan» jamoasi yarim himoyachisi Kristian Pulishichni oʻz safiga qoʻshib olish imkoniyatini oʻrganmoqda. Bu haqida TEAMtalk nashri xabar berdi.

Manba maʼlumotiga koʻra, «shporlar» 27 yoshli AQSh terma jamoasi oʻyinchisi boʻyicha italyalik klubga rasmiy soʻrov yoʻllagan. Bu qaror «Tottenxem» uchun ustuvor variantlardan biri sanalgan Kodi Gakpo bilan kelishuv amalga oshmay qolganidan keyin qabul qilingan. Gollandiyalik futbolchi oxir-oqibat «Manchester Siti» safiga oʻtishni maʼqul koʻrgan edi.

Joriy mavsumda Pulishich Italiya A Seriyasida oʻtkazilgan ikki oʻyinning birortasida maydonga tushmadi. Oʻtgan mavsumda esa u barcha musobaqalar hisobga olinganda 34 ta uchrashuvda ishtirok etdi, 10 ta gol urdi va 4 ta golli pas muallifi boʻldi.

Kristian Pulishichning «Milan» bilan amaldagi shartnomasi 2027 yilning oʻrtalarigacha moʻljallangan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!