"Tottenxem" Milan masalasida "Inter" bilan muzokara o‘tkazmoqda
"Tottenxem" yozgi transferlar oynasi yopilgunicha "Inter" himoyachisi Milan Shkrinyarni o‘z safiga qo‘shib olmoqchi.
Italiyalik jurnalist Fabritsio Romano o‘z tvitter sahifasida ma’lum qilishicha, tomonlar allaqachon ushbu transfer yuzasidan muzokaralarni boshlab yuborgan. Gap shundaki, "shporlar" bosh murabbiyi Joze Mourinoga tajribali himoyachi kerak, ammo slovakiyalik futbolchining narxi London klubiga muammo tug‘dirishi mumkin.
“Inter” 25 yoshli Milanni 60 mln evroga baholamoqda. “Tottenxem” esa buncha pul to‘lay olmaydi.
Shkrinyar o‘tgan mavsum “neradzurrilar” safida 32 ta o‘yinda maydonga tushdi va 2 ta golli uzatmaga mualliflik qildi. Uning klub bilan amaldagi shartnomasi 2023 yilga qadar imzolangan.

Fikrlar