"Tottenxem" Nagelsman olib kelmoqchi, biroq...

  • 06.05.2023 07:45
  • Oybek Yo’ldoshev
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Yulian Nagelsman "Tottenxem" bilan muzokaralarni davom ettirmoqda. Mart oyida murabbiy "Bavariya" bosh murabbiyligidan ketgan edi.

Jurnalist Florian Plettenberg xabariga ko‘ra, bir necha kun oldin "shporlar" rahbariyati va germaniyalik mutaxassis o‘rtasida navbatdagi muzokaralar bo‘lib o‘tgan. Qayd etilishicha, 35 yoshli murabbiy "Tottenxem" loyihasiga qiziqmoqda, biroq klubdan qo‘shimcha kafolatlar olmoqchi. Shu bois u hali yakuniy javob berishga tayyor emas.

Eslatib o‘tamiz, londonliklar 34-turdan keyin 54 ochko bilan APLda 7-o‘rinda bormoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!