“Tottenxem” nimaning evaziga MYuni “er tishlatdi”?
Premer Liganing markaziy uchrashuvi kecha “Old Trafford”da bo‘lib o‘tdi va unda mehmonlar 40 yil deganda yirik g‘alaba bilan qaytdi. Ushbu bellashuvda “qizil iblislar”ning bir qator muammolari baribir o‘z so‘zini aytdi. Quyida uchrashuv tahlili haqida so‘z yuritamiz.
Mourino shogirdlari uchrashuvni ancha faol tarzda boshlashdi. Birinchi bo‘lim ayniqsa ancha shiddatli tarzda kechdi. Xuddi butun mavsum shu yo‘sinda harakat qiladigandek taassurot uyg‘otdi. Biroq ularning ko‘zlagan maqsadi g‘alaba uchun etarli bo‘lmadi.
Ikkinchi bo‘lim boshlarida “Manchester Yunayted” ikki tezkor golni o‘tkazib yubordi va barchasi teskarisiga keta boshladi. Yakunda MYu mavsum startidagi ikkinchi mag‘lubiyatini qabul qildi. Uch o‘yinda ular atigi uch ochko jamg‘ara olishdi. Mehmonlar tarkibida Lukas Moura har tomonlama porlay oldi.
Qanday qilib “Manchester Yunayted” birinchi bo‘limda yaxshi o‘ynab, yakunda mag‘lub bo‘ldi, degan savollar klub muxlislarini o‘ylantirmoqda. Bunga esa albatta bir qator javoblar bor.
- Mourinoning 3-5-2 sxemasi o‘zini oqlamayapti
Klub “Brayton”ga qarshi uchrashuvdan keyin o‘z o‘yinida o‘zgarishlar qilish kerakligi sezilib qoldi. Mourino mavsumoldi yig‘inlarda ancha ish bergan hujumkor tizim – 3-5-2 ni tanladi.
Ander Errerani himoya chizig‘iga yaqinroq joyga qo‘yib Mourino ko‘proq 2-2-4-2 o‘yin sxemasiga yaqin o‘yin namoyish qildi. Bunday uslubda u 2017-yilda Antonio Konte jamoasini “ta’zirini bergandi”. Bu pozitsiyada Errera Lukas Moura yoki Dele Allini qo‘riqlashi kerak edi. U buni Azarga qarshi o‘shanda mohirona bajargan edi.
“Chelsi”ni 2-0 ga yutgan o‘sha uchrashuvda MYu da ikki kishi – Errera va Darmian muhim figura bo‘lgan edi. Ular birgalikda londonliklarning to‘rtta (ikki yarim himoyachi va ikki hujumchi) futbolchisini qurolsizlantirishga erishgandi.
“Taqachilar”ga qarshi o‘yinda bu vazifani Erreraning bir o‘zi romb shaklidagi o‘yin sxemasida bajarishiga to‘g‘ri keldi. Nemanya Matich esa yarim himoyanng markaziga joylashtirildi. U qarshi bosimni kuchaytirishi zarur edi. MYu ushbu tizimda bir qator xavfli vaziyatlar yaratgan bo‘lsada, aniqlik borasida no‘noqlik qilishdi.
Errera esa Xarri Keyndek hujumchiga qarshi o‘ynashning “hadisini olmagan” va o‘tkazib yuborilgan gollarda uning aybi katta bo‘ldi. Xullas, “o‘zgacha” raqibiga qarshi xato o‘yin sxemasini tanladi.
- Lukaku o‘ziga o‘xshamayapti
Mourinoning ishonchsizoigi yulduz hujumchisiga ham ta’sir qilmoqda. Lukaku ko‘pincha katta uchrashuvlarda o‘zini ko‘rsatolmayotgani sababli tanqidlarga uchrab turadi. Biroq bu safar belgiyalik hujumchi ancha yaxshi harakat qilgan bo‘lsada, aniq zarba yo‘llashning uddasidan chiqa olmadi.
Ayniqsa, Denni Rouzning xatosidan keyin amalga oshirgan havfli zarbasi ancha yodda qoldi. Agarda o‘sha zarbasini golga aylantirganida balki jamoadoshlarini tushkunlikdan olib chiqqan bo‘larmidi. Keyinroq boshi bilan zarba yo‘lladi. Ikkinchi bo‘limda chap oyog‘i bilan raqib darvozasi tomon zarba yo‘lladi. Ammo bularning bari darvozadan joy olmadi.
- Bechora Fil Djons
Mourinoning hadeb himoya chizig‘ini tanqid qilaverishi himoyachilar orasida o‘ziga bo‘lgan ishonchga ta’sir qilgani ko‘rinib qoldi. Erik Bayi va Lindelyof safda bo‘lganida unga asosiy tarkibga kirish yo‘llari yopilardi. Biroq bu safar aynan u o‘yinni ilk daqiqalardan boshladi.
Bu esa Mourinoning navbatdagi xatosi bo‘ldi. Garchi birinchi bo‘limda Djons bir qator vaziyatlarda xatoga yo‘l qo‘ygan bo‘lsada, gol yuz bermadi. Biroq ikkinchi taymda uning xatosi baribir golga sabab bo‘ldi. Bu holat uning jarohat olguniga qadar davom etdi.



Fikrlar