
"Tottenxem" prezidenti bu ishi uchun o‘zini kechira olmaydi
"Tottenxem" prezidenti Deniel Levi 2017 yilda himoyachi Kayl Uokerni "Manchester Siti"ga sotganidan hanuz afsusda. Jurnalist Yan Ledimanning fikricha, “shporlar” xo‘jayini bu qarori uchun haligacha o‘zini kechira olmaydi.
Qolaversa, Levi o‘shandan buyon o‘zining asosiy futbolchilarini boshqa "Manchester Siti"ga sotmaslikka qaror qilgan. Bu 2021 yilning yozida o‘zini namoyon qildi, o‘shanda "shaharliklar" hujumchi Harri Keyn bilan shartnoma imzolamoqchi bo‘lishdi, ammo rad javobini olishdi.
Eslatib o‘tamiz, Uoker "Manchester Siti"ga o‘tganidan beri to‘rt marta Angliya chempioniga aylangan. 32 yoshli himoyachi tez orada "shaharliklar" bilan shartnomasini uzaytirishi kutilmoqda.
Fikrlar