"Tottenxem" "Real" yulduzini o‘z safiga qo‘shib oldi

  • 19.09.2020 22:18
  • Javokhir Azimov
  • 0
  • Futbol

"Tottenxem" Garet Beyl transferini e’lon qildi.

31 yoshli futbolchi ijara asosida bir mavsum londonliklar tarkibida harakat qiladi. Ma’lum bo‘lishicha, "shporlar" Beylni haftasiga 220 ming funt sterling maosh olishga ko‘ndirgan va uning barchasini o‘zi to‘laydi. Avvalroq, "Real" futbolchining yarim maoshini to‘lashga tayyorligi aytilgandi.

Uelslik vinger "Tottenxem"da 9-raqam ostida o‘ynaydi. U 2007-13 yillar davomida ham "shporlar" safida to‘p tepgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!