
"Tottenxem" Singapur klubini yirik hisobda taslim qildi. Risharlisondan xet-trik
"Tottenxem" Singapurning "Layon Siti" klubiga qarshi uchrashuvda ishtirok etdi va 5:1 hisobida zafar quchdi
Dastlab, 14-daqiqada Anuar "Layon Siti"ni oldinga olib chiqdi. Ammo "shporlar" 5 marta javob qaytarishga muvaffaq bo‘ldi. Risharlison 48, 52, va 91-daqiqalarda o‘z nomini tabloga yozdirib qo‘ydi. Shuningdek, Keyn va Lo Chelso ham gol urdi.
Shu tariqa, "Tottenxem" yirik hisobda g‘alaba qozondi va klubga maxsus sovrin topshirildi.
Fikrlar