"Tottenxem" sobiq futbolchisini qaytarib olib kelmoqchi

Londonning "Tottenxem" klubi jarohatlangan Xarri Keyn o‘rniga Fernando Lorenteni qaytarib olib kelmoqchi.

Lorete 2019-yil yozida "Tottenxem"ni erkin agent maqomida tark etgan edi. Shundan so‘ng u "Napoli" bilan shartnoma imzolab, mavsumning ortda qolgan qismida 18 o‘yinda maydonga tushib, 4 ta gol kiritgan.

Jamoa ustozligiga Jennaro Gattuzo kelganidan keyin esa hujumchi A seriya klubi safida ikkita o‘yinda maydonga tushdi.

Endi esa Fernando "Tottenxem"ga mavsum so‘nggigacha ijara asosida qaytishi mumkin.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!