
"Tottenxem" sport direktori Keynning jamoadagi kelajak taqdiri haqida gapirdi
"Tottenxem" klubi sport direktori Fabio Paratichi hujumchi Xarri Keynni Londonda saqlab qolish imkoniyatlari haqida gapirdi.
"Keyn – top darajadagi futbolchi. Uning klubda qolishini istaymiz, bu bizning maqsadimiz. Men u bilan hali gaplashmadim, chunki Evropa chempionati paytida futbolchilarimizni bezovta qilmoqchi emasman", - dedi Paratichi Sky Sports nashriga bergan intervyusida.
27 yoshli angliyalik futbolchi uchun asosiy da’vogar sifatida "Manchester Siti" klubi tilga olinmoqda.
Keyn ortda qolgan mavsum "Tottenxem" safida jami 49 o‘yinda maydonga tushdi va o‘z hisobiga 33 ta gol hamda 17 ta golli uzatma yozdirib qo‘ydi. Uning “shporlar” bilan amaldagi shartnomasi 2024 yilga qadar imzolangan.
Fikrlar