"Tottenxem" vaqtinchalik murabbiy sifatida amaldagi futbolchini tayinlashi mumkin
"Tottenxem" klubida vaqtinchalik bosh murabbiy lavozimiga jamoaning amaldagi futbolchisi Ben Devis tayinlanishi mumkin. Bu haqida The Telegraph xabar bermoqda.
Himoyachi to‘piq jarohati sabab yanvardan beri maydonga tushmayapti. Shu bois, klub rahbariyati 32 yoshli futbolchini mavsum oxirigacha bosh murabbiy sifatida ko‘rib chiqmoqda. Ma’lum qilinishicha, Devis jamoada eng hurmatga sazovor futbolchilardan biri hisoblanadi va hozirda murabbiylik bo‘yicha tahsil olmoqda.
"Shporlar" 29 mart kuni bosh murabbiy Igor Tudor bilan xayrlashganini e’lon qildi. Uning qo‘l ostida jamoa 7 ta o‘yning 5 tasida mag‘lub bo‘lgan.
Ma’lumot uchun, ayni paytda jamoa 30 ochko bilan Angliya Premier-ligasi turnir jadvalida 17-o‘rinni egallab turibdi.
Fikrlar