
"Tottenxem"ga "Sautgempton" himoyachisi kerak
"Sautgempton" himoyachisi Yannik Vestergor faoliyatini APLning boshqa bir klubida davom ettirishi mumkin.
Sunday Mirror nashri tarqatgan xabarga ko‘ra, 28 yoshli daniyalik futbolchining xizmatlariga “Tottenxem” jiddiy qiziqib qolgan. “Shporlar” uni yaqinlashib kelayotgan yozgi transferlar davrida sotib olmoqchi. O‘z navbatida “Sautgempton” ham Yannikning transferidan mo‘may pul ishlab olishga qarshi emas.
Vestergor joriy mavsum “Sautgempton” safida 20 ta o‘yinda ishtirok etdi va 3 ta gol urishga erishdi.
Fikrlar