"Tottenxem"ni tark etadigan 3 nafar futbolchi nomi ma’lum bo‘ldi

  • 18.07.2019 08:35
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Londonning "Tottenxem" klubi rahbariyati jamoa himoyachisi Denni Rouz, yarim himoyachi Jorj-Kevin Nkudu va hujumchi Vinsent Yanssen bilan xayrlashishga qaror qildi.Ushbu futbolchilar endi o‘zlariga yangi jamoa qidirishlari mumkin.

Ben Devis, Kemeron Karter-Vikers hamda Erik Daye jarohatidan davolanish bilan band. Serj Ore, Davinson Sanches va Viktor Vanyamalar esa milliy terma jamoalaridan qaytishgach mashg‘ulotlarga qo‘shilishadi.

Eslatib o‘tamiz, jamoaning tajribali himoyachilaridan biri Kiran Tripper kecha "Atletiko" bilan shartnoma imzoladi.

Ayni damda Singapur yig‘inida quyidagi futbolchilar ishtirok etishmoqda:

Darvozabonlar: Loris, de Bi, Gassaniga, Uaytmen

Himoyachilar: Alderveyreld, Foyt, Layons-Foster, Tanganga, Vertongen, Uoker-Piters

Yarim himoyachilar: Alli, Bouden, Eriksen, Georgiu, Lamela, Marsh, Moura, Ndombele, Roulz, Sissoko, Skipp, Uayt, Uinks

Hujumchilar: Keyn, Perrott, Son Xin Min.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!