"Tottenxem"ning qishki transferlar davridagi ilk xaridi kim bo‘lishi ma’lum
Londonning “Tottenxem” klubi “Benfika” yarim himoyachisi Jedson Fernandeshni tarkibga qo‘shib olishga juda yaqin turibdi.
Record nashri tarqatgan xabarga ko‘ra “shporlar” 21 yoshli futbolchini keyinchalik sotib olish huquqi bilan 1,5 yilga ijaraga olishadi. Ayni damda Jedson Londonda bo‘lib turibdi va tomonlar tez orada shartnoma imzolashadi.
Ta’kidlash kerakki, “Tottenxem” Jedson uchun kurashda “Vest Xem”, “Vulverxempton”, “Chelsi” va “Manchester Yunayted” klublarini ortda qoldirishga erishdi.
Ma’lumot uchun, Jedson joriy mavsum Portugaliya chempionatida 7 ta o‘yinda maydonga tushdi xolos.

Fikrlar