Trentning qancha muddatga safdan chiqqanligi ma’lum

  • 17.09.2025 16:12
  • Karim Xudayqulov
  • 0
  • Futbol

"Real Madrid" Chempionlar ligasining 1-turida "Marsel" (2:1) jamoasiga qarshi bahs olib bordi. O‘yinning 5-daqiqasida qirollik klubi a’zosi Trent Aleksandr-Arnold jarohat olib, maydonni tark etdi.

Klubning rasmiy ma’lumotiga ko‘ra, Trent chap oyog‘ining son orqa mushagidan jarohat olgan. Natijada futbolchi 6–8 haftaga safdan chiqdi.

Ma’lumot uchun, himoyachi madridliklar safida La Liga doirasidagi 4 ta o‘yinda maydonga tushib, o‘z hisobiga gol yoki assist qayd etmadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!