Tripper uchun kurashga "Atletiko" ham qo‘shildi

  • 22 aprel, 2019, 19:50
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Londonning "Tottenxem" klubi himoyachisi Kiran Tripper mavsumlar oralig‘ida Ispaniya La Ligasiga ko‘chib o‘tishi mumkin.

Daily Mail nashri tarqatgan xabarga ko‘ra 28 yoshli angliyalik futbolchi "Atletiko"ning jiddiy qiziqishlariga sabab bo‘la boshlagan. O‘z navbatida “shporlar” ham uni qo‘yib yuborishga tayyor. Tripperning transferi esa 35 mln evroga baholanmoqda.

Eslatib o‘tamiz, bundan avvalroq Kiranga shuningdek "Napoli" ham kurash olib borayotgani haqida xabarlar tarqalgan edi.

Ma’lumot uchun, Tripper joriy mavsum “Tottenxem” safida jami 33ta o‘yinda maydonga tushdi va o‘z hisobiga 1ta gol hamda 5ta assist yozdirib qo‘ydi. Uning “shporlar” bilan amaldagi shartnomasi esa 2022 yilga qadar imzolangan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!