Turkiya Superligasi. Shomurodov gol urgan bahsda "Istanbul Bashakshehir" kambek qurboni bo‘ldi
Turkiya Superligasining 12-turida Nuri Shaxin boshchiligidagi "Istanbul Bashakshehir" o‘z uyida "Trabzonspor"ni qabul qilib, 4:3 hisobida imkoniyatni boy berdi. O‘zbekiston milliy terma jamoamiz sardori hisoblangan Eldor Shomurodov esa uchrashuv davomida o‘zining navbatdagi golini kiritishga muvaffaq bo‘ldi.
Bellashuvning 10-daqiqasidayoq "Bashakshehir" futbolchisi Festi Ebosele qizil kartochka olib, maydonni tark etdi. 22-daqiqada Devi Zelke 11 metrlik jarima zarbasidan unumli foydalanib, hisobni ochdi. 37-daqiqada "Trabzorspor" futbolchisi Felipe Augusto oradagi farqni yo‘qqa chiqazgan edi. Lekin 45-daqiqada Eldor Shomurodov bosh bilan Onana darvozasini ishg‘ol qilib, tanaffusga jamoasini g‘olib sifatida chiqib ketishini ta’minladi. Pol Onuachu 76-daqiqada penaltidan foydalanib, oradagi farqni yo‘qqa chiqazdi hamda to‘purarlar jadvalida Shomurodovga etib oldi. Oradan 1 daqiqa o‘tib Ernest Muchi jamoasining uchinchi goliga mualliflik qildi. O‘yinning asosiy vaqtiga qo‘shib berilgan vaqtda Yildirim hisobni 3:3 ko‘rinishiga keltirdi. Biroq, 90+11-daqiqada Ernest Muchi dublni rasmiylashtirib, jamoasining g‘alabasini ta’minladi.
Ma’lumot o‘rnida, "Istanbul Bashakshehir" ushbu bellashuvdan so‘ng 13 ochko bilan 13-o‘rinda qoldi. "Trabzonspor" esa 28 ochko bilan 3-o‘rinni mustahkamladi.
- Türkiye - Super Liga
- Joriy Mavsum
Istanbul Bashakshehir
- Davie Selke 22'
- Eldor Shomurodov 45'
- Bertuğ Yıldırım 90'
24.11.2025 22:00
Trabzonspor
- Felipe Augusto 37'
- Paul Onuachu 76'
- Ernest Muci 77'
- Ernest Muci 90'

Fikrlar