Turkiyadan qaytgan O‘zbekiston MTJ "Jar" stadionida mashg‘ulotlarni davom ettiradi

  • 04.06.2019 17:22
  • Bekzod Isayev
  • 1
  • Futbol

Turkiyaga qarshi safarda o‘rtoqlik o‘yini o‘tkazib, yurtimizga qaytib kelgan O‘zbekiston milliy terma jamoasi a’zolari bugun mashg‘ulotlarni davom ettirishadi. Bu haqda O‘FA matbuot xizmati xabar berdi.

Bugungi mashg‘ulot soat 21:00da "Jar" stadionida bo‘lib o‘tadi. Mashg‘ulotning dastlabki 15 daqiqasi OAV uchun ochiq.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston milliy terma jamoasi 7 va 11 iyun kunlari "Milliy" stadionda KXDR va Suriyaga qarshi o‘rtoqlik o‘yinlarida maydonga tushadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
&
Surxon turon
04/06/2019 22:59
Елтимос жаноби умид куперга жавоб беринглар