Turkiyalik tennischi Sanjar Fayzievdan revansh olmoqchi
Xalqaro tennis federatsiyasi - ITF tomonidan Namanganda o‘tayotgan "Fyuchers" turkumiga kiruvchi musobaqada ikkinchi davra bahslari o‘tkazilmoqda.
Musobaqaning ushbu bosqichida umidli tennischimiz Sanjar Fayziev rossiyalik Mixail Fufiginga qarshi kortga chiqdi. Bahsda hisob 4:6, 6:2, 4:1 bo‘lib turgan vaziyatda rus tennischisi o‘yin o‘tkazishdan bosh tortdi va mag‘lubiyatini tan oldin
Endi Sanjar musobaqaning chorak finalida turkiyalik Kem Ilkelga qarshi kortga chiqadi. Mazkur bahs bugun soat 10:00da boshlanadi.



Fikrlar