Turklar Husanov uchun asosiy tarkibga yo‘l ochyapti...
“Manchester Siti” yangi mavsumda o‘zi ishtirok etadigan barcha turnirlarda bosh sovrin uchun kurashadi. Xususan, Xosep Gvardiola jamoasi uchun Angliya Premer-ligasi chempionligini “Liverpul”dan qaytarib olish va Evropa Chempionlar ligasida g‘olib chiqish asosiy vazifa hisoblanadi.
Ispaniyalik mutaxassis bu maqsadlarni amalga oshirish uchun jamoa tarkibini yangilab borayotganidan xabaringiz bor. Qishda Abduqodir Husanovning kelishi bilan boshlangan yangi transfer kampaniyasi hamon davom etmoqda va hozirga qadar klub o‘zbek futbolchimidan tashqari Niko Gonsales, Umar Marmush, Vitor Reys, Juma Ba, Tijani Reynders, Rayan Ayt-Nuri, Rayan Sherki kabi ijrochilarni oldi.
Shu bilan birga Xosep Gvardiola klub rahbariyatini ixcham tarkib bilan ishlashni istayotgani haqida ogohlantirgan. Bu talab “shaharliklar” tarkibdagi ayrim futbolchilar bilan xayrlashishini bildiradi.
Angliya futbolini yoritib kelayotgan nufuzli manba – esteemedkompany.com portali Turkiyaning “Galatasaroy” klubi markaziy himoyachi Manuel Akanji transferini bo‘yicha ish boshlaganidan kelib chiqib, “Manchester Siti”dagi vaziyatni tahlil qildi.
Sports.uz portali ushbu maqolani o‘zbekistonlik futbol ishqibozlari e’tiboriga havola etadi.
- “Manchester Siti”da ortiqcha o‘yinchilar yig‘ilib qolgan pozitsiyalardan biri himoya markazi hisoblanadi. Xosep Gvardiola jamoasida yaxshi saviyadagi ko‘p markaziy himoyachilar ko‘p, klub tarkibni qisqartirish uchun ulardan bir-ikkitasini sotib yuboradi.
Agar shu yoz jamoani tark etadigan markaziy himoyachilarni ko‘rib chiqsak, ketishga birinchi nomzod – Manuel Akanji. “Galatasaroy” esa bu o‘yinchini olish uchun harakatlarni boshlab yubordi.
Turkiyalik jurnalist Yag‘iz Sabunjuo‘g‘li turk klubi shveytsariyalik himoyachi transferi imkoniyatlarini o‘rganib chiqayotgani va agar Akanji maoshining pasayishiga rozi bo‘lsa, “Manchester Siti”ga rasmiy taklif yuborilishini ma’lum qildi.
Ayni paytda “Manchester Siti” ixtiyorida Ruben Diash, Yoshko Gvardiol, Jon Stounz, Natan Ake, Manuel Akanji, Abduqodir Husanov va Vitor Reys kabi sifatli markaziy himoyachilar bor. Ular orasida Diash, Gvardiol yoki Husanovning yaqin o‘rtada klubni tark etishi orasida hech qanday gap-so‘z bo‘lishi mumkin emas.
Stounz va Ake jamoa tarkibida muhim elementlardan hisoblanadi. Vitor Reys esa, yangi mavsumda ijaraga jo‘natilishi kutilyapti. Bu holatda, Manuel Akanji sotib yuborish uchun asosiy nomzodga aylanadi. Bu o‘yinchi “Siti” rejalaridan tashqarida qolib ketishi ehtimoli katta.
Akanji jamoada qoladigan bo‘lsa, uni jiddiy raqobat kutib turibdi. Chunki Abduqodir Husanov asosiy tarkibda muhimroq rol olish uchun da’vogarlik qilishi kutilyapti. Klub iqtidorli o‘zbek himoyachisiga etarli darajada o‘yin amaliyotini berish uchun Akanji bilan xayrlashishiga to‘g‘ri kelyapti.
Manuel Akanjining kelajagi ko‘proq futbolchining yakuniy qarori qanday bo‘lishiga bog‘liq. Uning klub bilan shartnomasi 2027 yilning yoziacha tuzilgan. Agar u “Galatasaroy” variantini tanlasa, bu transferni rasmiylashtirish har ikki klub uchun ham ortiqcha qiyinchilik tug‘dirmaydi, - deb yozdi esteemedkompany.com portali eksperti Adam Marrett.
Fayzullaev transferi amalga oshadimi?
“Liverpul” olayotgan “Monstr”ni faqat Husanov to‘xtata oladi!
Tezkor: Fayzullaev transferiga narx belgilandi!
O‘zbek legioneri transferdan norozi fanatlarga zo‘rligini isbotlashi kerak!
Fayzullaev braziliyaliklarning “jahli”ni chiqardi!



Fikrlar