Turkmaniston terma jamoasi murabbiyi: O‘zbekiston - Osiyo Kubogi etakchilaridan biri

  • 31 may, 2022, 13:25
  • Bekzod Isayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

1 iyundan yurtimizda U-23 Osiyo chempionati boshlanadi. Musobaqa oldidan matbuot anjumani tashkil etildi. Unda Turkmaniston terma jamoasi bosh murabbiyi Ahmed Agamuradov va futbolchi Velmurat Ballakov ishtirok etdi.

Tecno

Ahmed Agamuradov: - Birinchi navbatda, o‘zbek xalqiga minnatdorlik bildiraman, mana shunday turnir uchun. Turkmaniston terma jamoasi autsayder ko‘rinsa-da, boshqa jamoalarga bosh og‘riq bo‘la olamiz. Markaziy Osiyo derbisiga kelsak, O‘zbekiston bu musobaqada g‘oliblikka da’vogarlardan biri.

O‘zbekiston Osiyo Kubogi etakchilaridan sanaladi. Raqibimiz juda kuchli. Jamoa futbolchilari 21 yoshgacha bo‘lsa ham, ular ko‘proq kattalar bilan o‘ynaydi. Ular 2 yildan keyingi musobaqa uchun shunday yo‘l tutishgan. Lekin tajribali futbolchilar etarlik.

photo_2022-05-31_10-39-59

- Musobaqada birinchi marta ishtirok etmoqdasiz. Jamoadan syurpriz kutishimiz mumkinmi?

- Musobaqaga tayyorlangan videorolikda bizni sirli jamoadek tasvirlashdi. Bizning asosiy maqsadimiz guruhdan chiqish. Agar pley-offga o‘tsak, bundan, albatta, xursand bo‘lamiz. Bu Turkmaniston xalqi uchun katta yutuq bo‘ladi.

Matbuot anjumanida men bilan birga ishtirok etayotgan Velmurat Ballakov milliy terma jamoaning ham a’zosi. Qolganlarda tajriba bo‘lmasa ham, u musobaqaga tayyor. O‘ylaymanki, uning potentsiali bunga etadi.

Velmurat Ballakov: - Men birinchi marta qatnashmoqdaman. Ammo o‘ynlashimcha, bu muammo tug‘dirmaydi. Sababi turnirda ko‘pchilik ilk bor ishtirok etmoqda. O‘ylaymanki, bu men uchun tajriba bo‘ladi. O‘zbekistondagi Osiyo kubogida to‘p tepishimdan xursandman, bu men uchun sharaf.

photo_2022-05-31_10-39-58

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!