"Turon" ertaga Superliga jamoasiga qarshi o‘yin o‘tkazadi
Avval xabar berilganidek, Anvar Berdiev bosh murabbiyligidagi “Turon” jamoasining Toshkent shahridagi o‘quv-yig‘in mashg‘uloti davom etmoqda.
Ma’lum bo‘lishicha, mazkur tayyorgarlik doirasida ertaga Superliga vakili - Toshkentning “Lokomotiv” klubiga qarshi nazorat uchrashuvi o‘tkaziladi.
"Turon" matbuot xizmatining xabariga qaraganda, har ikki jamoa vakillarining o‘zaro kelishuviga ko‘ra, mazkur o‘yin soat 11:30 da Qibraydagi “Rohat” sport majmuasi maydonida boshlanadi.



Fikrlar