"Turon" futbolchisi jarrohlik amaliyotini o‘tkazdi

  • 17.08.2021 18:09
  • Shuhratbek Jo’rayev
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

“Turon” klubi himoyachisi Abduqahhor Hojiakbarov oxirgi paytlarda jamoasining o‘yinlarida ko‘rinmay qoldi.

Ma’lum bo‘lishicha, futbolchini oyog‘idagi jarohat bezovta qilavergach, operatsiya stoliga yotishga majbur bo‘lgan. Jarrohlik amaliyoti Toshkentda o‘tkazilgan.

abdukaxxor2

Abduqahhor Hojiakbarov o‘zining instagramdagi sahifasida operatsiya ko‘ngildagilek o‘tgani va o‘zini yaxshi his qilayotgani haqida yozib qoldirgan.

Ayni paytda futbolchi shifokorlar nazoratida bo‘lib turibdi. Uning qachon maydonga qaytishi hozircha ma’lum emas.  

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!