
"Turon" ganalik hujumchisidan voz kechadimi?
Superliga debyutanti – “Turon” klubi mavsum avvalida tarkibiga bir qator tajribali o‘yinchilar bilan birga legionerlarni ham taklif qildi. Biroq hozirgi vaziyatga kelib jamoa sharafini himoya qilayotgan xorijlik o‘yinchilarning barchasi ham kutilgan o‘yinni ko‘rsatayotgani yo‘q.
Ganalik hujumchi Kvame Karikari “Turon”ga katta umidlar bilan taklif qilingandi. Ammo sports.uz olgan ma’lumotga qaraganda, tez orada ushbu legionerning jamoani tark etishi kutilmoqda.
Karikari “Turon” safida Superliga doirasida beshta uchrashuvda maydonga tushdi. Garchi hujumchi bo‘lishiga qaramasdan u gol ura olgani yo‘q. “Turon”ning oxirgi o‘yinlarida esa Karikari hattoki qaydnomaga ham kiritilmayapti.
Yaqinda “Turon” murabbiyi Murod Ismoilov sports.uz saytiga bergan intervyusida ganalik hujumchi borasida adashishganini aytgandi.
Fikrlar