"Turon" rasman 8 nafar futbolchi bilan kelishuvga erishdi

  • 7 yanvar, 2021, 23:42
  • Shuhratbek Jo’rayev
  • 1
  • Futbol
CHERY AUTO

Avval xabar berilganidek, Superliganing yangi mavsumiga tayyorgarlik ko‘rayotgan “Turon” jamoasi bir qator transferlarni amalga oshirmoqda.

Xususan, murabbiylar shtabi jamoaning har bir chizig‘ida raqobatni kuchaytirish maqsadida bugunga qadar Superliga klublarida to‘p surgan bir qator tajribali futbolchilarni tarkibga jalb etishdi.

Ayni kunlarda jamoaning qishki o‘quv-yig‘in mashg‘ulotlarida quyidagi futbolchilar bilan rasman kelishuvga erishildi:

  1. Muzaffar Muzaffarov (“Qo‘qon-1912”)
  2. Abduqahhor Hojiakbarov (“Surxon”)
  3. Jahongir Mehmonov (“Surxon”)
  4. Umarjon Sharipov (“Xatlon”, Tojikiston)
  5. Abdurahmon Abdulhaqov (“Metallurg”)
  6. Jasur Hakimov (“Buxoro”)
  7. Davron Umirov (“Lokomotiv”)
  8. Komronbek Abduhamidov (AGMK).

"Turon" klubi matbuot xizmati.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
Benazir mix
08/01/2021 00:29
Tarkib kuchaytirilayapti dgan mavzuni o'zi xatomasmi? Qanaqqb kuchsiz o'yinchila bilan tarkibbi kuchaytirish mumkin?)