"Turon" rasmiysi klubning kelajagi haqidagi xushxabarni e’lon qildi

  • 20 iyun, 2023, 19:48
  • Javokhir Azimov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

So‘nggi kunlarda "Turon" klubining Superligadagi faoliyatini davom ettirish masalasi qizg‘in muhokamalarga sabab bo‘layotgan edi.

Yaypanliklar matbuot xizmati vakili Bekzod Tolipov o‘z blogi orqali "tulporlar"ning o‘z ishtirokini davom ettirishi haqida yozdi:

"Zo‘r xabar!

"Bekzod Tolibov blogi" sizga tezkor axborotni taqdim etadi!

Futbol muxlislari orziqib kutayotgan xabarni sizga o‘zim taqdim etaman, "Turon" Superligada davom etadi!

Biz va siz, barcha muxlislar "Turon" va "Qizilqum" klublarining Yaypandagi bahsini birgalikda tomosha qilamiz!

Tez orada rasmiy sahifalarimizda batafsil ma’lumot bilan tanishishingiz mumkin bo‘ladi",-deyiladi xabarda.

Avvalroq, saytimiz orqali "Turon"ning chempionatimizda qolishi ehtimoli yuqoriligi haqida ma’lumot bergan edik.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!