"Turon"ga yangi sport direktori tayinlandi

  • 24.01.2023 00:10
  • Shuhratbek Jo’rayev
  • 0
  • Futbol

Yaqin o‘tmishning mahoratli futbolchilaridan hisoblangan sobiq hujumchi Andre Kamara Kiryuxin "Turon" klubi sport direktori lavozimiga tayinlandi. Bu xususida klub matbuot xizmati xabar tarqatdi. Iste’dodli mutaxassis bugunga qadar "Turon" akademiyasida selektsiya ishlari bo‘yicha mutaxassis lavozimida ishlab kelayotgandi.

Andrey Kiryuxin 2006 yilda Toshkentning "Bunyodkor" (sobiq "Quruvchi") jamoasi safida to‘purarlikni qo‘lga kiritgan. Iqtidorli mutaxassis “Futbologika”, “Block Management & Marketing” kabi nomdor xalqaro loyihalar sertifikatiga ega.

kiryuxin

O‘tgan mavsumdan buyon "Turon"da faoliyat olib borayotgan mutaxassis o‘zining faolligi va tirishqoqligi ko‘pchilikning e’tiborini qozona oldi. Kiryuxin bugun klub rahbariyati tomonidan sport direktori lavozimiga tayinlandi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!