Tuxel "Bavariya"ga ketmoqchi. PSJni endi kim boshqaradi?

  • 16.03.2020 15:33
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

PSJ klubida mavsum yakunlangach bosh murabbiy almashishi mumkin. Bu haqda Calciomercato nashri xabar tarqatmoqda.

Yuqoridagi manbaga ko‘ra jamoaning amaldagi ustozi Tomas Tuxelni “Bavariya”ga chorlashmoqda va u bu taklifni jiddiy ko‘rib chiqmoqda.

Parijliklar esa o‘z navbatida uning o‘rniga Massimiliano Allegri nomzodini ko‘rib chiqishmoqda. Ta’kidlash kerakki, italiyalik mutaxassis 2019 yilning may oyida “Yuventus”dan ketganidan buyon ishsiz hisoblanadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!