Tuxel “Chelsi”ga Frantsiyadagi shogirdini chaqiryapti

  • 8 oktabr, 2021, 10:00
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Chelsi” bosh murabbiyi Tomas Tuxel PSJda o‘zi bilan ishlagan shogirdi Kristofer Nkunkuni Angliyaga chaqiryapti.

Tecno

Tuxel Parijdan ketganidan keyin frantsiyalik yarim himoyachi Bundesliga vakili “Leyptsig” jamoasiga o‘tib ketgandi.

Tuxel sobiq shogirdining imkoniyatlarini juda yaxshi biladi. U “Chelsi” rahbarlari olishni orzu qilayotgan Orelen Tchuameni va Deklan Raysdan farqli ravishda raqib hujumlarini buzishdan tashqari, hujum uyushtirish va pressingda ham o‘ta faol o‘ynaydi.

Nkunkuga Evropaning boshqa klublaridan ham qiziqish borligi “aristokratlar”ning transfer bo‘yicha ishini qiyinlashtiradi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!