Tuxel "Chelsi"ga "Yuventus" futbolchisini olib kelmoqchi

  • 26.01.2022 21:39
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

"Yuventus"ning braziliyalik himoyachisi Aleks Sandro jamoasini o‘zgartirishi mumkin.

La Gazzetta dello Sport nashri tarqatgan xabarga qaraganda, braziliyalik futbolchining xizmatlariga "Chelsi" qiziqib qolgan. “Aristokratlar” ustozi Tomas Tuxel jarohati sabab mavsum oxirigacha safdan chiqqan angliyalik himoyachi Ben Chiluell o‘rniga aynan Aleks Sandroni olib kelmoqchi.

Bundan avvalroq Aleks Sandroga “Barselona”dan ham jiddiy qiziqishlar mavjud ekanligi haqida xabarlar tarqalgan edi. U joriy mavsum “Yuventus” safida 21 ta o‘yinda maydonga tushdi va 1 ta gol hamda 1 ta golli uzatmani amalga oshirdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!