Tuxel Kavanini PSJda olib qolmoqchi

  • 15.03.2020 13:24
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

PSJ klubi bosh murabbiyi Tomas Tuxel yozda shartnomasi yakuniga etadigan hujumchi Edinson Kavanini qo‘yib yubormoqchi emas.

Sky in Germany nashri tarqatgan xabarga ko‘ra germaniyalik mutaxassis klub rahbariyatidan 33 yoshli urugvaylik to‘purar bilan shartnomani uzaytirishni so‘ragan.

Edinson Kavani joriy mavsum PSJ safida jami 22 ta o‘yinda maydonga tushdi va 7 ta gol hamda 3 ta golli uzatmaga mualliflik qildi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!