Tuxel: "Yangi rahbariyat kelganidan keyin "Chelsi"da ko‘p narsa o‘zgargan"

  • 3 aprel, 2023, 17:18
  • Suhrob Xolbekov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Bavariya" bosh murabbiyi Tomas Tuxel matbuot anjumanida Grem Potterning iste’fosi haqida gapirdi. 

Tecno

"Men bu xabarni kech o‘qidim. O‘zimda ham shunday holat bo‘lgandi. Buni oddiy holdek qabul qildim. U erda ishlashdan zavqlanardim. Yangi rahbariyat kelganidan keyin klubda ko‘p narsa o‘zgardi," - dedi germaniyalik mutaxassis. 

"Chelsi" Tomasni o‘z ishidan ozod qilib, uning o‘rniga Potterni "Brayton"dan olib kelgandi. Jamoa 47 yoshli ingliz bilan xayrlashganidan keyin yangi bosh murabbiylikka bir qancha variantlarni ko‘rib chiqmoqda. Asosiy nomzodlar Nagelsmann, Pochettino va Enrike bo‘lib turibdi. 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!