Tyago Silva: Hali ham "Chelsi"da to‘p tepayotganimdan faxrlanaman

"Chelsi" himoyachisi Tyago Silva "ko‘klar" sharafini himoya qilish faxr ekanligini aytib o‘tdi. 

"Chelsi"ga kelganimni eslayman. Bu bir ko‘rishda muhabatdek edi. Hali ham bu erda to‘p tepayotganimdan faxrlanaman. Bolalarimni bu erda o‘ynayotganini ko‘rish menga yoqadi. Bu eng muhimi. Ayolim ham shu erda. U hattoki barcha safar o‘yinlariga ham borishni istaydi", - dedi futbolchi. 

Ma’lumot uchun, 39 yoshli himoyachi 13 ta o‘yinda maydonga tushib, bitta gol urgan. 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!