U-23 Osiyo kubogi. O‘zbekiston ishtirok etayotgan “C” guruhida ikkinchi tur uchrashuvlari yakunlandi
Saudiya Arabistoni mezbonlik qilayotgan 23 yoshgacha bo‘lgan futbolchilar o‘rtasidagi Osiyo kubogi davom etmoqda. “C” guruhining ikkinchi tur uchrashuvlari o‘z nihoyasiga yetdi.
Mazkur turda O‘zbekiston Eron bilan 0:0 hisobida durang qayd etgan bo‘lsa, Janubiy Koreya g‘ollarga boy o‘yinda Livanni taslim etdi.
Ma’lumot uchun, vakillarimizning ochkolari soni 4 taga yetdi va ular peshqadam Janubiy Koreya bilan teng ochkoga ega bo‘ldi. Faqatgina to‘plar nisbatiga ko‘ra jamoamiz ortda qolmoqda.
Quyida guruhdagi holat bilan tanishib chiqishingiz mumkin.
.jpg)
Fikrlar