U "Bavariya"ga qaytdi

  • 28 iyun, 2021, 07:45
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Gamburg" darvozaboni Sven Ulrayx "Bavariya"ga ko‘chib o‘tdi. Bu haqda myunxenliklar rasmiy sayti xabar tarqatmoqda.

Sven yangi jamoasi safiga erkin agent sifatida tekinga kelib qo‘shildi va 1 yillik shartnoma imzoladi. Aytish kerakki, Ulrayx uchun "Bavariya" begona emas. U 2015-2020 yillarda ham ushbu jamoa sharafini himoya qilgan.

32 yoshli Sven Ulrayx  o‘tgan mavsum "Gamburg" safida jami 32 ta o‘yin o‘tkazdi. U ushbu uchrashuvlarda o‘z darvozasidan jami 40 ta gol o‘tkazib yubordi.

Sven bundan tashqari 2008-2015 yillarda "Shtutgart" jamoasida ham o‘ynagan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!