
U endi Muhammad Salohdan ustun turadi
Dunyoning eng yaxshi himoyachisi nomiga da’vogar Virjil van Deyk “Liverpul” bilan yangi shartnoma imzolash orqali ushbu klub tarixida eng ko‘p maosh oladigan o‘yinchiga aylanadi.
Gollandiyalik himoyasi besh yillik shartnomani imzolasa, bu muddat ichida haftasiga 220 ming funt, jami esa 57 million funt maoshga ega bo‘ladi.
Ayni paytda “Liverpul” futbolchilari orasida eng ko‘p maoshni Muhammad Saloh olmoqda. Liverpulliklar misrlik to‘purarga haftasiga 200 ming funt to‘lamoqda.
Fikrlar